Usmon Azim

Shoir, Yozuvchi, Adabiyotshunos
Usmon Azim
Tavallud sanasi:
1950 yil

Usmon Azim - shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. U yaratgan o‘nlab to‘plamlarga kirgan she’rlar, dostonlar yorqin tuyg‘ularga, ifodalarga boyligi, jo‘shqin va jozibadorligi, shiddatkor va da’vatkorligi, goh g‘amgin, goh beg‘ubor erkalovchi ohanglari bilan kitobxon qalbidan chuqur joy oladi. Shu bilan birga hayotiyligi, o‘tkir dramatizmi va fojiaviyligi bilan o‘quvchini hayajonga soladi, uyqudagi tuyg‘ularini junbushga keltiradi.

Tarjimai hol

Usmon Azimov O‘zbekiston xalq shoiri unvoniga ega, "Ofarin", Gruziyaning "V.Mayakovskiy" nomidagi davlat mukofotlari laureati.

Usmon Azim - shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. U 1950 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. 1972 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. U dastavval jurnalist sifatida turli gazeta-jurnallar va nashriyotlarda hamda respublika radiosida ishlagan.

Ma’lum vaqt Respublika Prezidenti Devonida Davlat maslahatchisi (yoshlar bo‘yicha) vazifasini ham bajargan. Hozirgi kunda adib, asosan, ijod bilan mashg‘ul.

Usmon Azim 1979 yilda chop etilgan «Insonni tushunish» ilk she’riy kitobi bilan adabiy jamoatchilikning e’tiborini qozongan.

Usmon Azim - O‘zbekiston xalq shoiri (2000) unvoni, shuningdek, yilning eng yaxshi she’riy asarlari nominatsiyasi bo‘yicha «Ofarin» mukofoti, Gruziyaning "V.Mayakovskiy" nomidagi Davlat mukofoti (1982) ga sazovor bo‘lgan.

Milliy teatrimiz sahnasida qo‘yilgan «Kunduzsiz kechalar» spektakli Andijonda bo‘lib o‘tgan xalqaro teatr festivalida «Eng yaxshi spektakl» degan mukofotga sazovor bo‘ldi.

Faoliyati

Milliy teatrimiz sahnasida qo‘yilgan «Kunduzsiz kechalar» spektakli Andijonda bo‘lib o‘tgan xalqaro teatr festivalida «Eng yaxshi spektakl» degan mukofotga sazovor bo‘lgandan so‘ng uning «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G‘aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G‘ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Bor ekan-da, yo‘q ekan» (1995) she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari bosildi.

Shoir 1995 yilda «Saylanma» she’riy kitobini nashr ettirdi. Bu kitob adabiyot jamoatchiligi tomonidan zo‘r qiziqish bilan kutib olindi va Usmon Azimning XX asr o‘zbek adabiyotining eng yorqin iste’dodlaridan biri ekanligi ayon bo‘ldi. 2001 yilda nashr etilgan «Kuz» she’riy kitobi esa she’riyatimizning so‘nggi yillardagi yuksakliklaridan biri deb baholanmoqda.

U yaratgan o‘nlab to‘plamlarga kirgan she’rlar, dostonlar yorqin tuyg‘ularga, ifodalarga boyligi, jo‘shqin va jozibadorligi, shiddatkor va da’vatkorligi, goh g‘amgin, goh beg‘ubor erkalovchi ohanglari bilan kitobxon qalbidan chuqur joy oladi.

Shu bilan birga hayotiyligi, o‘tkir dramatizmi va fojiaviyligi bilan o‘quvchini hayajonga soladi, uyqudagi tuyg‘ularini junbushga keltiradi. Usmon Azimning she’rlari frantsuz, nemis, ingliz, polyak, eston, gruzin, makedon, litva, turk, tojik, rus, qozoq, qirg‘iz va boshqa tillarga tarjima qilingan. O‘z navbatida, Usmon Azim Elyuar, Dog‘larja, Voznesenskiy, Vatsiyetis, Marsinkyavichus kabi o‘nlab shoirlarning ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Shoirning ko‘plab she’rlari taniqli hofiz va xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib, ijro etiladi.

Ijodining ilk davrida radiodramaturgiyada («Baxtli bo‘laylik», «Hujjatli film uchun syujet», «Bahodir va malika» pesalari) o‘zini sinab ko‘rgan shoir, keyingi yillarda drama yoza boshladi. Uning «Kunduzsiz kechalar» (1998), «Alpomishning qaytishi» (2000), «Bir qadam yo‘l» (2002), «O‘tgan zamon hangomalari» (2003), «Adibning umri» (2005) dramalari sahnalashtirilgan.

«Alpomishning qaytishi» uchun muallif 1999 yilning «Eng yaxshi dramaturgi» deb e’tirof etildi. Shoir kino san’atida ham o‘z kuchini sinab ko‘rmoqda. «Sevgi» (1998) filmining stsenariysini o‘z hikoyasi asosida yozgan. Uning stsenariysi asosida ikki qismdan iborat «Alpomish» (2000) filmi suratga olindi. «Alpomish» dostonining kinotalqini uchun muallif Buxoroda o‘tkazilgan kinofestivalda maxsus mukofot oldi.

Sayt foyda berdi!
87608 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi